Virtual Qabulxona

Halq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish Samarqand shahar bo’limi mudiri

Xojiqulov Xurshid Qaxxorovich

virtual qabulxonasi

BIZNING MANZIL

SAMARQAND VILOYATI
SAMARQAND SHAHRI 140100
KAMOL OTA TURK ko’ch, 4
Tel: 998(66) 2335992

  • Ko'rib chiqildi
  • Ko'rib chiqilmoqda

Ommaviy oferta

Hurmatli foydalanuvchi!

Sizga Halq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish Samarqand shahar bo’limiga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib oʻtamiz.

Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni soʻraymiz:

1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yoʻllasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan boʻlishi shart. Yuridik shaxs sifatida murojaat yoʻllasangiz yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham koʻrsatishingiz va shu bilan birga murojaatingizning mazmun mohiyatini toʻliq bayon etishingiz talab etiladi.

2. Alohida e’tibor bering! Tuhmat, haqorat soʻzlar ishlatilgan va yolgʻon xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.

3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatingiz rad etilishi mumkinligini eslatib oʻtmoqchimiz:

• odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi boʻlmagan takliflar va shunga oʻxshash murojaatlar);

• murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud boʻlgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar boʻlmagan.

4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala boʻyicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan boʻlsa, koʻrib chiqilmaydi.

Mazkur shartlarning barchasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.